Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 5-нөмір (2026) · 969-972-беттер
SON + OT TIPIDAGI SO‘Z BIRIKMALARINING STRUKTUR-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA SINTAKTIK DERIVATSIYA IMKONIYATLARI
O.X. Hamidov, D.Sh. Yavmutov
Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi son + ot tipidagi so‘z birikmalarining struktursemantik xususiyatlari hamda ularning sintaktik derivatsiya imkoniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida son komponentining ot bilan birikish mexanizmi, semantik munosabatlari, grammatik shakllanishi va gap tarkibidagi funksional xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, sonli birikmalarning sintaktik transformatsiya va derivatsion imkoniyatlari misollar asosida yoritildi. Tadqiqot natijasida son + ot konstruksiyalari o‘zbek tilida miqdoriy, tartibiy, umumlashtiruvchi va distributiv ma’nolarni ifodalashda faol ishtirok etishi aniqlandi. Ushbu birliklarning sodda gap, murakkab sintaktik qurilma va nominativ birlik hosil qilishdagi roli ham ochib berildi. Maqola natijalari sintaksis, morfologiya vaderivatologiya yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
sonotso‘z birikmasisintaktik derivatsiyastrukturasemantikadistributivlik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.