Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 4 (2026) · pp. 113-119
AFORIZMNING LINGVISTIK MAQOMI VA JANRIY MEZONLARI
Sayidova, Sayyora
Abstract
Ushbu maqolada aforizmning lingvistik maqomi, janriy mezonlari va nazariy tavsifi yoritiladi. Aforizmning ixchamlik, semantik tugallik, obrazlilik, takrorlanuvchanlik, mualliflik va pragmatik yo‘naltirilganlik kabi belgilari tizimli tahlil qilinadi. Shuningdek, aforizmning maqol, matal va qanotli iboralardan farqlari, uning badiiy hamda ilmiy tafakkur bilan aloqasi, o‘zbek va jahon tilshunosligidagi talqinlari qiyosiy yondashuv asosida umumlashtiriladi. Natijada aforizmning mustaqil lisoniy-estetik birlik sifatidagi mohiyati asoslanadi hamda uni tasniflash, sharhlash va matn tarkibida aniqlash uchun mezonlar taklif etiladi.
aforizm, lingvistik maqom, janr mezoni, semantik tugallik, mualliflik, mikromatn, pragmatika
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.