Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 4 (2026) · pp. 250-255
NOTO‘LIQ OILADA TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Aliyev, Arslon
Abstract
Mazkur maqolada noto‘liq oilada tarbiya jarayonining psixologik va pedagogik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda noto‘liq oilaning bola shaxsining shakllanishiga, emotsional holatiga, ijtimoiy moslashuviga va xulq-atvor rivojiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ota yoki onadan birining yo‘qligi sharoitida bolalarda kuzatiladigan ishonchsizlik, emotsional sezgirlik, muloqotga kirishishdagi qiyinchiliklar, ijtimoiy himoyaga ehtiyoj kabi psixologik holatlar ochib beriladi. Maqolada noto‘liq oilalarda tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik yondashuvlar, oilaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, maktab va mahalla hamkorligining ahamiyati ham asoslanadi. Tadqiqot natijalari noto‘liq oilada voyaga yetayotgan farzandlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularning shaxsiy barkamolligini ta’minlash va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
noto‘liq oila, tarbiya jarayoni, psixologik xususiyatlar, pedagogik yondashuv, ijtimoiylashuv, emotsional rivojlanish, oilaviy muhit, ijtimoiy moslashuv, shaxs kamoloti, tarbiyaviy ta’sir.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.