Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 4 (2026) · с. 324-327
“HAZRATI XIZR IZIDAN” QISSASIDA MIFOLOGIK UNSURLAR
Ostonakulova, Gulsara
Аннотация
Mazkur maqolada “Hazrati Hizr izidan” qissasida uchraydigan mifologik unsurlar adabiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, zamonaviy o‘zbek nasrida mifologik qatlamning qayta talqin etilishi muhim ilmiy muammo sifatida qaralmoqda. Tadqiqotning maqsadi – asarda mavjud mifologik obrazlar, arxetiplar hamda ramziy motivlarning badiiy funksiyasini aniqlash va ularning mazmuniy yukini ochib berishdan iborat. Metodologik asos sifatida qiyosiy-tahliliy, struktural-semantik hamda intertekstual yondashuvlardan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Hazrati Hizr obrazi asarda abadiy yo‘l ko‘rsatuvchi, yashirin bilim egasi sifatida talqin qilinib, xalq og‘zaki ijodi hamda diniy-mifologik qarashlar sintezi asosida shakllangan. Suv, yo‘l, yashirin ilm, sinov kabi motivlar mifologik tafakkur mahsuli sifatida asarning semantik qatlamini boyitadi, mifologik unsurlar asarning g‘oyaviy-badiiy tizimini chuqurlashtiradi va muallifning estetik konsepsiyasini ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
mifologik unsurlar, Hazrati Hizr, arxetip, ramz, motiv, o‘zbek nasri, folklor, intertekstual tahlil.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.