Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 4 (2026) · Саҳифаҳои 550-557
HALQA TAKRORINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
D.Mutalova
Аннотатсия
Maqolada Hamid Olimjon she’riyatida qo‘llangan halqa takrorining lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilindi. Halqa takrorining nazariy mohiyati, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi raddi matla’ san’ati bilan tarixiy-tipologik bog‘liqligi hamda zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi vazifaviy shakllari yoritildi. Shoirning “Ozar qizi”, “Holbuki, tun...”, “O‘rik gullaganda”, “O‘zbekiston” kabi she’rlari misolida halqa takrorining misra va band ko‘rinishlari kompozitsion, semantik hamda emotsional-ekspressiv jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida halqa takrorining she’riy matn kompozitsion yaxlitligini ta’minlash, g‘oyaviy markazni kuchaytirish va poetik ritmni barqarorlashtirishdagi o‘rni aniqlandi. Shuningdek, Hamid Olimjon ijodida halqa takrorining o‘zgarmas va o‘zgaruvchan shakllarda qo‘llanishi, ularning semantik-stilistik vazifalari ochib berildi.
halqa takrori,lingvopoetika,badiiy takror,raddi matla’poetik sintaksis,semantik transformatsiya,stilistik vosita,poetik matn.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.