Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 4-нөмір (2026) · 622-627-беттер
INGLIZ VA O‘ZBEK GERALDIKASIDA ZOOMORF RAMZLAR: LINGVOKULTUROLOGIK VA SEMANTIK TAHLIL
Gulmurodova, Marjona, Jo‘rabekova, Xumora, Yuldasheva, Umida
Аңдатпа
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek geraldikasida qo‘llanilgan zoomorf ramzlarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – hayvon obrazlari orqali ifodalangan milliy-madaniy konseptlar, xususan kuch, hokimiyat, muqaddaslik va identitet tushunchalarining mazmunini aniqlashdir. Ishda tavsifiy, qiyosiy-tipologik hamda semantik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada zoonimlar har ikki xalq geraldikasida muhim ramziy kod vazifasini bajarishi, biroq ularning konseptual yuklamasi tarixiy va madaniy omillar ta’sirida farqlanishi asoslab berildi. Tadqiqot geraldika tilini lingvokulturologik nuqtai nazardan talqin etishga xizmat qiladi.
geraldika,zoomorf ramzlar,lingvokulturologiya,semantik tahlil,milliy identitet,madaniy konsept.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.