Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 162-166-betlar
MUMTOZ ADABIYOT HAQIQATI
Tirkashev, Fаrhod, Boytemirov, Bilolbek
Annotatsiya
Adabiyot yoxud badiiy ifoda olamning yaralishini tushunish, bu borliqqa kelmoq va ketmoq mag‘ziga yetish, taqdiri azaldagi bitiklarni idrok etib, qadarga rozi bo‘lish haqida o‘git beradi. Badiiy asar insoniyatning fe’l-atvori, hol-amali hamda maqom-martabasini o‘z-o‘ziga anglatmoq, shu orqali to‘g‘ri yo‘l manzilini ko‘rsatmoq uchun ham g‘oyat zarur. Umuman olganda, har qaysi davrda badiiyat odamiylik tariqi xususida bahs yuritdi, obraz, ramz va timsollar vositasida raso hamda qing‘ir xulq-atvorni aks ettirdi. Maqolada adabiyotning maqsad-vazifasi xususida fikr bildirilib, uning odob-axloq o‘rgatish borasidagi ahamiyati haqida mulohaza yuritildi.
adabiyot, badiiy asar, she’riyat, odob, axloqiy tamoyillar, “Hayrat ul-abror”, vazifa hamda majburiyatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.