Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 5 (2026) · Саҳифаҳои 167-172
INOYATULLOH IBN MUHAMMAD SAFO IJODIDA AN’ANAVIYLIK
Xamdamova, Nasiba, Iymonqulova, Mavluda, Raxmonberdiyev, Sherzod
Аннотатсия
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analari doirasida Inoyat ijodining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Xususan, shoir ijodida an’anaviylikning namoyon bo‘lishi Alisher Navoiy va Muhammadrizo Ogahiy adabiy merosi bilan qiyosiy tahlil asosida tadqiq etiladi. Maqolada Navoiyning “paydo” radifli g‘azaliga va Ogahiyning “sallamno” radifli g‘azaliga tatabbu’ bog‘lagani hamda Ogahiyning “orazing” radifli g‘azaliga Inoyat tomonidan taxmis yaratilgani matnshunoslik va adabiy manbashunoslik aspektlariga asoslab beriladi. Shuningdek, mazkur gʻazallar orqali Inoyat ijodida an’anaviylik va badiiy davomiylik masalalari ochib beriladi. Maqola yakunida shoirning mumtoz adabiy merosga munosabati hamda uning ijodiy o‘ziga xosligi yuzasidan xulosalar chiqarilgan.
Inoyat, gʻazal, Alisher Navoiy, Ogahiy,tatabbu’, qoʻlyozma, bayt, band, taxmis, nusxa.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.