Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 5 (2026) · Саҳифаҳои 111-115
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Ochilova, Mohigul, Boyjigitov, Kamronbekmirzo, Mirzabayev, Shoxruxjon, Saidmurodov, Sardor
Аннотатсия
Maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘qitishda immersiv texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida virtual haqiqat (VR), kengaytirilgan haqiqat (AR), interaktiv dasturlar, multimediya resurslari va o‘yinlashgan pedagogik metodlarning bolalarning nutqiy, eslab qolish, tinglab tushunish va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi o‘rganilgan. Metodik yondashuvlar bolalarning yosh xususiyatlari, diqqat doirasi va pedagogik muhitni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqolada immersiv texnologiyalar yordamida til o‘rganish jarayonida bolalarning motivatsiyasini oshirish, ularni faol interaktiv ishtirokchi sifatida shakllantirish va til o‘rganishning individual strategiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalari, pedagoglar va metodistlar uchun innovatsion o‘quv dasturlarini yaratishda, o‘qitish sifatini oshirishda va interaktiv metodlarni samarali tatbiq etishda foydali bo‘lishi kutilmoqda.
maktabgacha ta’lim, ingliz tili o‘qitish, immersiv texnologiyalar, virtual haqiqat, kengaytirilgan haqiqat, interaktiv dasturlar, o‘yinlashgan o‘qitish, multimediya resurslari, pedagogik innovatsiyalar, til o‘rganish metodikasi, kommunikativ ko‘nikmalar, bolalarning motivatsiyasi, individual o‘rganish strategiyalari
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.