Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 93-97-betlar
SDG 4 KONTEKSTIDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI ZAMONAVIY TIL TA’LIMI MODELLARI
Anvarova, Muhsinaxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada SDG 4 (Sifatli ta’lim) maqsadlari doirasida sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy til ta’limi modellari va ularning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida SI asosidagi adaptiv platformalar, virtual assistentlar, chatbotlar hamda raqamli ta’lim vositalarining til o‘rganish samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining individuallashtirilgan ta’lim, avtomatik baholash, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish va inkluziv ta’limni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada SI texnologiyalarining masofaviy ta’limni rivojlantirish, ta’limning ochiqligi va moslashuvchanligini oshirishdagi roli ham tahlil qilinadi.
sun’iy intellekt, SDG 4, til ta’limi va pedagogika, virtual assistentlar, kommunikativ kompetensiya, inkluziv ta’lim, sifatli ta’lim
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.