Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 5 (2026) · Саҳифаҳои 225-229
TARBIYA FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA VITAGEN TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Mardonov, Mashrab, Muxtorov, Abduxolik
Аннотатсия
Mazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda vitagen texnologiyalarning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan vitagen texnologiyalar o‘quvchilarning hayotiy tajribasini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali ularning ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, so‘rovnoma va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Natijalar vitagen texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va refleksiv faoliyatini kuchaytirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, mazkur yondashuv o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalari hamda ijtimoiy faolligini shakllantirishda samarali vosita ekanligi aniqlandi.
vitagen texnologiya, tarbiya fani, innovatsion pedagogika, hayotiy tajriba, refleksiv ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.