Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 5-нөмір (2026) · 464-471-беттер
CONTINUOUS PERFECT ZAMONLARDA DAVOMIYLIK VA NATIJAVIYLIK O‘RTASIDAGI ASPEKTUAL ZIDDIYAT
Qosimov, Bobur
Аңдатпа
Ushbu maqola ingliz tilidagi Present Perfect Continuous va Past Perfect Continuous zamon shakllarining aspektual xususiyatlarini davomiylik, natijaviylik hamda teliklik kategoriyalari nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. Tadqiqot materiali sifatida J.K. Rowlingning Harry Potter and the Philosopher’s Stone asaridan tanlangan misollar qo‘llanilgan boʻlib, tadqiqotda sifat (qualitative), kontekstual, semantik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Perfect Continuous shakllar ingliz tilida faqat davomiylikni ifodalovchi vosita emas, balki murakkab aspektual munosabatlarni yuzaga keltiruvchi grammatik birlik hisoblanadi. Present Perfect Continuous shakli hozirgi zamon bilan bog‘liqlikni saqlagan holda harakatning davomiyligini ta’kidlab, ko‘pincha telik fe’llarni jarayon sifatida talqin qiladi va ularni atelik interpretatsiyaga yaqinlashtiradi. Past Perfect Continuous esa asosan narrativ diskursda fon (background) yaratish funksiyasini bajarib, voqealar orasidagi vaqt qatlamlarini aniqlashtiradi. Shu bilan birga, har ikkala shaklda takroriylik, distributivlik hamda psixologik va kognitiv jarayonlarning ifodalanishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari Perfect Continuous shakllarning ingliz tilidagi aspektual tizimda dinamik va ko‘p funksiyali birlik ekanligini tasdiqlaydi.
distributivlik, kognitiv, narrativ diskurs, telik, atelik, aspektual, distruktiv, interpretatsiya, neytrallashuv, dinamik.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.