Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 472-474-betlar
AFAZIYADA SPONTAN NUTQNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Otamurodov, Shavkat, Eshqulova, Nasiba
Annotatsiya
Ushbu maqolada afaziyaga uchragan bemorlar spontan nutqining o‘ziga xos xususiyatlari eksperimental tadqiqot asosida o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida afaziya bilan og‘rigan bemorlarning erkin nutq jarayoni nutqiy nuqsoni bo‘lmagan sog‘lom insonlar (nazorat guruhi) nutqi bilan qiyosiy tahlil qilindi. Taqqoslash asosan nutq tezligi va ma’lum vaqt oralig‘ida aytilgan gaplar soni kabi miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida olib borildi. Tajriba natijalari afaziyaning nutq dinamikasiga, jumladan, uning sekinlashishiga va tarkibiy qisqarishiga ko‘rsatadigan ta’sirini va o‘ziga xos farqlarni aniqlashga xizmat qiladi.
afaziya, spontan nutq, nutq tezligi, gaplar soni, qiyosiy tahlil, neyrolingvistika, eksperimental tadqiqot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.