Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 377-382
ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING OBRAZLI FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Salimov, Sherzod
Abstract
Mazkur maqolada 5-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning obrazli fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, metodik tizimi va tajriba-sinov samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda obrazli fikrlashning psixologik, lingvistik, didaktik va estetik asoslari ko‘p fanli integratsiya nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tajriba-sinov ishlari natijasida tajriba guruhi o‘quvchilarining o‘rtacha ko‘rsatkichi 34,8 balldan 54,6 ballga ko‘tarilgani va yuqori darajadagi o‘quvchilar ulushi 10 foizdan 36,7 foizga yetgani aniqlangan. Maqolada obrazli fikrlashni shakllantirish uchun interfaol metodlar, mashq daftari va kompleks baholash mezonlaridan foydalanish zarurligi asoslab berilgan.
obrazli fikrlash, ona tili ta’limi, 5-sinf, interfaol metodlar, tajriba-sinov, metodik tizim, baholash mezoni.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.