Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 5-san (2026) · 706-710-betler
YANGI DAVR O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA TAXMIS JANRINING O‘RGANILISH DARAJASI VA NAZARIY MUAMMOLARI
Котов В.А., Шадиева Д.Х.
Annotaciya
Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz she’riyatining murakkab va o‘ziga xos bo‘lgan musammat shakllaridan biri – taxmisning zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va tadqiq etilish darajasi haqida fikr yuritiladi. Tadqiqotda janrning genezisi, ya’ni arab va fors she’riyatidagi ildizlari hamda turkiy adabiyotda janr sifatida shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari manbalar asosida yoritib beriladi. XX asrning ikkinchi yarmi va mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida janrning o‘rganilish darajasi tizimlashtiriladi. Shuningdek, maqolada taxmischilik an’anasining bugungi zamonaviy adabiy jarayondagi yashovchanligi, shoirlarimizning mumtoz adabiyotdagi salaflari ijodiga bo‘lgan munosabati, badiiy talqinlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.
taxmismusammatgenezisnazariy muammobadiiy mahoratan’ana va novatorliko‘zbek adabiyotshunosligi
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.