Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 722-726-betlar
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY EKVIVALENTLIGI VA ULARNING LUG‘ATLARDA AKS ETISHI
Kudaynazarova, Dilnaz
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning lingvomadaniy ekvivalentligi hamda ularning lug‘atlarda aks etish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi, ularning tarjima jarayonidagi muqobillik darajasi va ikki tilli lug‘atlarda ifodalanish tamoyillari o‘rganildi. Frazeologik birliklar til va madaniyatning uzviybog‘liqligini aks ettiruvchi muhim lingvistik vosita sifatida baholandi. Tadqiqotda qiyosiy, semantik, lingvomadaniy va leksikografik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar frazeologik birliklarning lug‘atlarda to‘liq ekvivalent tarzda ifodalanishi har doim ham mumkin emasligini, ayrim hollarda esa izohli yoki pragmatik tarjima usullariga murojaat qilinishini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada zamonaviy elektron lug‘atlarning frazeologik birliklarni ifodalashdagi imkoniyatlari ham yoritildi.
frazeologizmlingvomadaniyatekvivalentlikleksikografiyaikki tilli lug‘atsemantikapragmatikatarjimashunoslik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.