Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 5 (2026) · с. 515-522
NUTQIY XULQ-ATVORNING GENDER SOTSIOLINGVISTIKASI: LEKSIK VA PRAGMATIK TAFOVUTLAR TAHLILI
Erkinova, Maftuna
Аннотация
Ushbu maqolada nutqiy xulq-atvorning gender sotsiolingvistikasi doirasida erkaklar va ayollar nutqidagi leksik hamda pragmatik tafovutlar tahlil qilinadi. Tadqiqot gender lingvistikasi, pragmalingvistika va sotsiolingvistika yo‘nalishlarini integratsiya qilgan holda o‘zbek va ingliz tillaridagi kommunikativ birliklarning funksional xususiyatlarini o‘rgandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollar nutqida emotsional-ekspressiv birliklar, muloyimlik strategiyalari va kommunikativ moslashuv ustunlik qilishi, erkaklar nutqida esa qisqalik, aniqlik va dominativ strategiyalar ustuvorligi aniqlandi. Maqolada gender kommunikativ tafovutlarining ijtimoiy muhit, milliy mentalitet, madaniy stereotiplar va kommunikativ me’yorlar bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari gender lingvistikasi va pragmatik tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
gender lingvistikasi, sotsiolingvistika, pragmatika, nutqiy xulq-atvor, gender stereotiplari, kommunikativ strategiya, leksik tafovut, diskurs, pragmalingvistika, gender kommunikatsiyasi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.