Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 5-сан (2026) · 564-569-беттер
THE PHENOMENON OF THE UNRELIABLE NARRATOR IN V. NABOKOV’S NOVEL “PALE FIRE”
Maxmudov, Faxriddin
Аннотация
Ushbu maqolada Vladimir Nabokovning “Rangsiz olov” romani misolida “ishonchsiz hikoyachi” fenomeni va uning matndagi namoyon boʻlish xususiyatlari tadqiq etiladi. Jerar Jenettning roviylik nazariyasiga tayangan holda, bosh qahramon Charlz Kinbotning “paralepsis” (fokalizatsiya kodlarini buzib, kelajakdagi voqealarni matnga muddatidan oldin kiritishi) usulidan foydalanishi matniy dalillar orqali tahlil qilinadi. Maqolada Kinbot obrazining ikki tomonlama tabiati ya’ni oʻtkir adabiy sezgiga ega olimlik va oʻz uydirmalarini asrash uchun matnni soxtalashtirishga tayyor noshirlik xususiyatlari ochib beriladi. Yakunda ushbu narrativ chalkashliklar ortida V. Nabokovning oʻz akademik faoliyatiga (xususan, “Yevgeniy Onegin” sharhlariga) yoʻnaltirilgan chuqur avtoparodiyasi yotganligi hamda asarning serqatlam tabiati koʻrsatib oʻtiladi.
Vladimir Nabokov, “Rangsiz olov”, ishonchsiz roviy, paralepsis, avtoparodiya, matnning soxtalashtirilishi, serqatlamlik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.