Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 954-959
ONOMASTIK IDIOMALARNI O‘RGANISHDA FREMLI TAHLIL USULI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Marupov, Kabil
Abstract
Bu maqolada onomastik idiomalarni – tarkibida antroponim, toponim va mifonim kabi atoqli otlar qatnashgan turgʻun birikmalarni – tadqiq etishda kognitiv tilshunoslikning zamonaviy freymli tahlil (frame analysis) usuli yoritilgan. Tadqiqot ingliz va oʻzbek tillaridagi onomastik idiomalar materialiga tayanib, atoqli otlarning shunchaki nomlash funksiyasidan tashqariga chiqib, inson ongidamurakkab bilim tuzilmalari (freymlar) va ssenariylarni qanday faollashtirishini koʻrsatib beradi. Maqolada onomastik birlik ortida yotgan tarixiy, madaniy va lingvistik maʼlumotlarning "kogniti uyalari" hamda ularning metaforik/metonimik proeksiyalari freym slotlari (toʻldiruvchilari) misolida tahlil qilingan. Xususan, ingliz tilidagi "to open a Pandora's box" yoki oʻzbek tilidagi "Xon atlas" kabiiboralarning kognitiv arxitekturasi qiyosiy oʻrganilib, onomastik idiomalarning milliy mental dunyo manzarasini shakllantirishdagi oʻrni aniqlangan. Tadqiqot natijalari onomastik idiomalarning semantik tuzilishini chuqurroq tushunishga va tillarni kognitiv-diskursiv jihatdan solishtirishga xizmat qiladi.
onomastik idiomakognitiv tilshunoslikfreymli tahlilslotantroponimtoponimkonseptual metaforametonimik koʻchish,dunyoning lisoniy manzarasiqiyosiy tilshunoslik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.