Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 5-нөмір (2026) · 989-993-беттер
ABDUQAYUM YO‘LDOSHEVNING “TIMSOHNING KO‘Z YOSHLARI” QISSASIDA PORTRET VA PEYZAJ TAHLILI
Зокирова, Нодира
Аңдатпа
Ushbu maqolada badiiy asar poetikasida qahramonlar xarakteri, ruhiy holati va ijtimoiy qiyofasini ochib berishda portret hamda peyzaj (makon) tasvirining tutgan o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida muallifning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissasi olinib, undagi bosh va ikkinchi darajali obrazlar tizimi badiiy detallar vositasida yoritilgan. Asar davomida Munisa obrazining tashqi ko‘rinishi bosqichma-bosqich o‘zgarib borishi adabiyotshunoslikdagi “dinamik portret” tushunchasi asosida ochib beriladi. Shuningdek, salbiy va ijobiy qahramonlar portretidagi kontrastlar, ularning kiyimi va poyabzali kabi ijtimoiy tashxis qo‘yuvchi detallar o‘rganilgan. Qissada klassik tabiat manzaralaridan ko‘ra, tushkunlik va umidsizlik kayfiyatini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi shahar peyzaji hamda interyer (ichki makon) tasviri ustuvorlik qilishi ko‘rsatib o‘tiladi.
portretlandshaftdinamik portretstatik portrettasvirpersonajtafsilotinteryer
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.