Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 751-757
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ANTROPONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING KELIB CHIQISHIDAGI UMUMIY MANBALAR
Ergashev, Tokhir, Tohirova, Nigora
Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi antroponim komponentli frazeologizmlarning kelib chiqishidagi umumiy manbalar qiyosiy-tipologik hamda lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotda antroponim ishtirokidagi frazeologik birliklarning shakllanish manbalari sifatida diniy matnlar, mifologik qatlam, tarixiy shaxslar faoliyati, adabiy manbalar, folklor an’analari hamda madaniy-etnik omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarida uchraydigan antroponim komponentli frazeologizmlarning struktur-semantik xususiyatlari, ularning lingvokulturologik mohiyati hamda milliy tafakkur bilan bog‘liqligi qiyosiy aspektda yoritiladi. Tadqiqot natijalari antroponimli frazeologizmlar xalq tarixiy xotirasi, ijtimoiy tajribasi va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim lisoniy birlik ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalaridan qiyosiy tilshunoslik, frazeologiya, lingvokulturologiya hamda tarjimashunoslik yo‘nalishlarida foydalanish mumkin
antroponim, frazeologizm, lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik, etimologiya, semantika, ingliz tili, o‘zbek tili, frazeologik birlik, madaniy kod.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.