Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 982-988
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARDA IQTISODGA OID TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI
Alimardonova, Gulfizoda
Abstract
Ushbu maqolada texnologiya darslari jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Maqolada iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy tarbiyaning mazmuni, tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, resurslardan oqilona foydalanish, moddiy boyliklarni asrash hamda ekologik madaniyat bilan bog‘liq jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiyaga oid qarashlari, oila va maktab hamkorligining tarbiyaviy ahamiyati, texnologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlar orqali iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy-metodik nuqtayi nazardan asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy tushunchalarni hayotiy misollar, hisob-kitob, loyiha, mehnat faoliyati va tejamkorlikka oid topshiriqlar bilan integratsiyalash samarali ekani ko‘rsatildi.
: iqtisod, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya, texnologiya darsi, boshlang‘ich ta’lim, iqtisodiy resurslar, tejamkorlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy tafakkur.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.