Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 1141-1148
RANGTASVIRNI OʻQITISHDA QORAQALPOQ MILLIY QADRIYATLARINING TUTGAN OʻRNI: ILMIY-PEDAGOGIK TAHLIL VA AMALIY SAMARADORLIK
G‘aniyev, Shaxzod, Alarov, Asilbek
Abstract
. Ushbu maqolada rangtasvirni oʻqitish jarayonida Qoraqalpoq milliy qadriyatlarini integratsiyalashning ilmiy-pedagogik asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – milliy qadriyatlarning yosh avlodda estetik did, madaniy oʻzlikni anglash va ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish hamda ularni rangtasvir darslariga singdirishning samarali metod va shakllarini aniqlashdan iborat. Maqolada Qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi, urf-odatlari, sanʼat namunalari rangtasvir taʼlimida oʻquvchilarning badiiy mahoratini oshirish, ularning vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishdagi roli ilmiy-pedagogik jihatdan asoslanadi. Amaliy tajriba-sinov natijalari milliy qadriyatlarga asoslangan rangtasvir taʼlimi oʻquvchilarning ijodiy faolligini, motivatsiyasini va badiiy asarlarga boʻlgan qiziqishini sezilarli darajada oshirishini koʻrsatadi
Rangtasvir taʼlimi, Qoraqalpoq milliy qadriyatlari, madaniy meros, pedagogik tahlil, amaliy samaradorlik, estetik tarbiya, ijodiy tafakkur, gibrid taʼlim.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.