Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 282-286-betlar
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KIBERJINOYATLARNING OLDINI OLISHDA FUQAROLIK-HUQUQIY TARBIYANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mavlonov, Shaxzod, Mavlonova, Surayyo
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda kiberjinoyatlar sonining keskin ortishi sharoitida yoshlarni kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olishda fuqarolik-huquqiy tarbiyaning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda umumta’lim maktablarida huquqiy madaniyat va huquqiy immunitetni shakllantirishning nazariy-huquqiy asoslari yoritilib, kiberxavfsizlikka oid bilimlarni rivojlantirishda SWOT-tahlil va Case Study metodlarining pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, fuqarolik-huquqiy tarbiya, raqamli fuqarolik va media savodxonlikni integratsiyalashgan holda o‘qitish orqali o‘quvchilarning kiberxavfsizlik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kiberjinoyat, kiberxavfsizlik, fuqarolik-huquqiy tarbiya, huquqiy immunitet, raqamli fuqarolik, SWOT-tahlil, Case Study.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.