Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 6 (2026) · Саҳифаҳои 6-10
TARIXIY O‘TMISHGA OID SO‘ZLARNING BADIIY ASARLAR LEKSIKASIDA TUTGAN O‘RNI
Mavlanov, Sobirjon
Аннотатсия
Ushbu maqolada tarixiy o‘tmishga oid so‘zlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Tarixiy leksika xalqning madaniy merosi, turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy hayoti va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatida o‘rganiladi. Badiiy matnlarda tarixiy so‘zlarning qo‘llanishi asarning davr ruhini yaratish, tarixiy voqelikni ishonchli tasvirlash hamda milliy koloritni ifodalashga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, tarixiy so‘zlarning semantik xususiyatlari, uslubiy vazifalari va muallif badiiy niyatini amalga oshirishdagi ahamiyati misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari tarixiy leksikaning badiiy nutq ekspressivligini oshirish va o‘quvchida tarixiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rnini ko‘rsatadi.
: tarixiy leksika, tarixiy so‘zlar, badiiy asar, badiiy matn, arxaizmlar, istorizmlar, milliy kolorit, til va madaniyat, semantik tahlil, uslubiy xususiyatlar, tarixiy voqelik, badiiy tasvir.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.