Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026) · pp. 22-27
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ISTORIZMLAR TAHLILI
Abdullayeva, Sayyora
Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi istorizmlarning lingvistik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Istorizmlar tarixiy davrlarda mavjud bo‘lgan, ammo hozirgi kunda iste’moldan chiqqan yoki faol qo‘llanmaydigan tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar sifatida o‘rganiladi. Tadqiqotda istorizmlarning shakllanish manbalari, semantik xususiyatlari, badiiy va tarixiy matnlardagi qo‘llanishi hamda ularning milliy-madaniy axborotni saqlashdagi o‘rni yoritiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi istorizmlarning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlanib, ularning tarixiy voqelikni aks ettirishdagi ahamiyati baholanadi. Tadqiqot natijalari istorizmlarning til tarixini o‘rganish, madaniy merosni saqlash va tarixiy matnlarni talqin qilishdagi muhim rolini ko‘rsatadi.
istorizm, tarixiy leksika, ingliz tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil, semantika, tarixiy matn, badiiy asar, milliy madaniyat, til tarixi, leksik birliklar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.