Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 6-san (2026) · 6-14-betler
KREDIT-MODUL TIZIMIDA PEDAGOGIKA FANLARINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Ilxamov, Azizbek
Annotaciya
Mazkur maqolada kredit-modul tizimida pedagogika fanlarini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, ularning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda talaba markazli ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim, aralash ta’lim, ag‘darilgan sinf va muammoga asoslangan ta’lim texnologiyalarining pedagogika fanlarini o‘qitishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kredit-modul tizimining talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida pedagogik tajriba-sinov ishlari o‘tkazilib, zamonaviy yondashuvlarning samaradorligi baholangan. Natijalar talabalarning mustaqil fikrlash, kommunikativ kompetensiya, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda kasbiy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida kredit-modul tizimida pedagogika fanlarini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
kredit-modul tizimi, pedagogika fanlari, talaba markazli ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, natijaga yo‘naltirilgan ta’lim, aralash ta’lim, ag‘darilgan sinf, muammoga asoslangan ta’lim, pedagogik texnologiyalar, kasbiy kompetensiya, mustaqil ta’lim, ta’lim sifati.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.