Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-сан (2026) · 11-15-беттер
MUROJAAT SHAKLLARI TUSHUNCHASI VA ULARNING TILSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
Allanazarov, Ravshan, Samadqulov, Muhammadjon
Аннотация
Maqolada murojaat shakllari fenomenining zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Murojaat shakllari tilning pragmatik, sotsiolingvistik va lingvomadaniy qatlamlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kommunikativ birlik sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘zbek tilidagi murojaat shakllarining struktur-semantik xususiyatlari, ularning ijtimoiy munosabatlarni ifodalashdagi roli hamda muloqot jarayonidagi pragmatik vazifalari yoritildi. Shuningdek, murojaat shakllarining ingliz va turk tillari bilan qiyosiy jihatlari tahlil qilinib, o‘zbek tilidagi murojaat tizimining milliy-madaniy xususiyatlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari murojaat shakllarining tanlanishi yosh, jins, ijtimoiy mavqe, kommunikativ vaziyat va madaniy qadriyatlarga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar o‘zbek pragmalingvistikasi va sotsiolingvistikasini rivojlantirishda muhim nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.
murojaat shakllari, pragmalingvistika, ijtimoiy lingvistika, nutq etiketlari, o‘zbek tili, antroponimiya, so‘zlashuvchi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.