Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 6-san (2026) · 80-85-betler
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JAHON DRAMATURGIYASI VA O‘ZBEK MILLIY MA'RIFATPARVARLIK DRAMALARINI QIYOSIY O‘QITISH METODIKASI
Rustamov, Sunnatillo
Annotaciya
Mazkur maqola umumta’lim maktablari adabiyot ta’limi tizimida jahon dramaturgiyasi va o‘zbek milliy ma’rifatparvarlik dramalarini qiyosiy o‘rganishning nazariy-metodik konsepsiyasiga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda qiyosiy o‘qitish usuli shunchaki ma’lumotlarni qiyoslash emas, balki badiiy matn strukturasi, milliy-madaniy kontekst hamda dramaturgik konfliktlarning evolyutsiyasini tahlil qilishning tizimli mexanizmi sifatida asoslab beriladi. Maqolada ma’rifatparvarlik davri dramalaridagi ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarni jahon dramaturgiyasi klassik namunalari bilan parallel tarzda tahlil qilish; o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, milliy qadriyatlarni jahon madaniyati kontekstida anglash hamda badiiy-estetik tafakkurni shakllantirish bo‘yicha samarali metodik strategiyalar bayon etiladi. Shuningdek, maqolada dars samaradorligini oshiruvchi innovatsion texnologiyalar, qiyosiy tahlilning o‘ziga xos mezonlari hamda o‘quvchi tafakkurini rivojlantiruvchi muammoli topshiriqlar majmui amaliy tavsiyalar ko‘rinishida taqdim etiladi.
qiyosiy o‘qitish, adabiyot darsi, lirik tahlil, badiiy tafakkur, metodik tizim, umumta’lim maktabi, ma’rifatparvarlik dramaturgiyasi, Mahmudxo‘ja Behbudiy, jahon klassikasi, badiiy-estetik tafakkur, tanqidiy fikrlash,
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.