Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026) · pp. 91-98
MANZARA KOMPOZITSIYASINI CHIZISHGA O‘RGATISHNING ZAMONAVIY TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Мансурова, Сайёра
Abstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 5–7-sinf o‘quvchilariga manzara kompozitsiyasini chizishni o‘rgatishning amaldagi holati tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tasviriy san’at ta’limining metodik asoslari, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan milliy o‘quv dasturining mazmuni o‘rganildi. AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Finlyandiya maktablarida tasviriy san’at ta’limini tashkil etish tajribasi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari manzara kompozitsiyasini o‘rgatish samaradorligi dars soatlari hajmi, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Maqolada tasviriy san’at darslarida loyiha asosida o‘qitish, plener mashg‘ulotlari, integratsiyalashgan ta’lim hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan
Tasviriy san’at, janr, manzara, plener, badiiy-ijodiy qobiliyat, kompetensiyaviy yondashuv, loyiha asosida ta’lim, vizual savodxonlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.