Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 1-san (2026) · 479-483-betler
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA FANINI O‘QITISHDA INTEGRATSION TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH
Hotamqulova, Madina
Annotaciya
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya fani bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishda integratsion, ya’ni butunlashgan tadqiqot metodlaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va kuzatuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishda integratsiyalashgan tadqiqot metodlarining mohiyati ochib beriladi hamda ularning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur metodlarning amaliy namunalari keltirilib, kuzatuvlar va izlanishlar natijalari asosida olingan xulosalar taqdim etiladi. Tavsiya sifatida tarbiya fanini o‘qitishda faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarga tayyorlaydigan amaliy-tadqiqot yondashuvlaridan foydalanish zarurligi ta’kidlanadi. Bu esa o‘quvchilarda ilmiy va axloqiy sifatlarning uyg‘un ravishda takomillashuviga xizmat qiladi.
integratsion,tadqiqot metodlari,kompetensiya, Dizayn fikrlash Metodi,Keys stady
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.