Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026) · 231-235-betlar
VIZUAL KOGNITIV FE’LLARNING TAKSONOMIK TALQINI INGLIZ VA O‘ZBEK TILI MISOLIDA
Ibrohimov, Boburmirzo
Annotatsiya
. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi vizual idrok fe’llari kognitiv-lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Fe’llarning semantik va grammatik xususiyatlari Y.V.Paducheva tomonidan taklif etilgan taksonomik (T-kategoriya) yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuv doirasida vizual idrokni ifodalovchi “to see”, “to look”, “ko‘rmoq”, “qaramoq” kabi fe’llar faol va passiv idrok farqlari asosida guruhlarga ajratiladi. Shuningdek, N.N. Boldirev tomonidan ilgari surilgan konseptual-taksonomik tahlil metodi asosida vizual idrok konseptining propozitsional tuzilmasi va iyerarxik darajalari aniqlanadi. Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi vizual idrok fe’llarining kognitiv xususiyatlari, leksik realizatsiyasi va iyerarxik tasnifi asosida ularning umumiy va farqli jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot til birliklari va idrok konseptining murakkab munosabatlarini aniqlash, ularni tilshunoslik va kognitiv sohalarda chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.
vizual idrok, fe’llar taksonomiyasi, T-kategoriyalar, semantika, kognitiv lingvistika, perception verbs, konseptual tahlil, ingliz va o‘zbek tili, propozitsional tuzilma, faol/passiv idrok.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.