Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026) · 61-64-betlar
GANDBOLCHI DARVOZABONLARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA FUNKSIONAL HOLATINI TAHLIL QILISH
Iskandarov, Kudrat
Annotatsiya
Mazkur maqolada gandbolchi darvozabonlarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va funksional holatini baholash masalalari o‘rganildi. Tadqiqotda 17 yoshli darvozabonlarning tezkorlik, chaqqonlik, portlovchi kuch va koordinatsion qobiliyatlarini aniqlash maqsadida 30 metrga to‘p bilan yugurish, 100 metrga mokkisimon yugurish, joyidan uzunlikka sakrash hamda 1 kg to‘ldirma to‘pni uloqtirish testlari qo‘llanildi. Shuningdek, yurak urish chastotasi, energiya sarfi, TRIMP ko‘rsatkichlari va aerob-anaerob yuklamalar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari darvozabonlarning taktik tayyorgarligi bevosita jismoniy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar asosida mashg‘ulot jarayonini individuallashtirish va funksional imkoniyatlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
gandbol, darvozabon, jismoniy tayyorgarlik, funksional holat, TRIMP, yurak urish chastotasi, tezkorlik, chaqqonlik, koordinatsiya, portlovchi kuch, sport mashg‘uloti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.