Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026) · 136-140-betlar
TALABALARDA XALQARO RAQOBATBARDOSH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING O‘QUV-USLUBIY YONDASHUVLARI
Abduraxmonov, Alimardon
Annotatsiya
Maqolada talabalarda xalqaro raqobatbardosh kompetensiyalarni shakllantirishning o‘quv-uslubiy yondashuvlari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 151 nafar talaba ishtirokida o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari taqdim etilgan. Kompetensiyaga asoslangan ta’lim, loyiha va muammoga asoslangan o‘qitish, madaniyatlararo kontentni integratsiya qilish, akademik ingliz tili, raqamli texnologiyalar hamda talabaga yo‘naltirilgan ta’limni birlashtirgan o‘quv-uslubiy yondashuvlar majmui qo‘llanildi. Natijalarni baholashda zamonaviy noparametrik usul, ya’ni Mann-Whitney U mezoni va Cliff delta effekt hajmi ko‘rsatkichi ishlatildi. Tahlil tajriba guruhi natijalari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori ekanligini tasdiqladi (U=3863,5; z=4,29; p<0,001; r=0,37). Olingan natijalar mazkur o‘quv-uslubiy yondashuvlar talabalarda xalqaro raqobatbardosh kompetensiyalarni samarali shakllantirishini ko‘rsatadi.
xalqaro raqobatbardosh kompetensiya, o‘quv-uslubiy yondashuv, global kompetentlik, madaniyatlararo kompetensiya, kompetensiyaga asoslangan ta’lim, faol ta’lim, Mann-Whitney U mezoni, pedagogik tajriba-sinov.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.