Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-сан (2026) · 243-248-беттер
ADABIYOTSHUNOSLIKDA QAYTISH MOTIVINING O‘RGANILISHI
Tolibov, Shoxrux
Аннотация
Mazkur maqolada adabiyotshunoslikda motiv nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, xususan, qaytish motivining poetik tabiati, arxetipik manbalari va badiiy funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, struktur-semantik hamda motiv tahlili metodlaridan foydalanildi. Qaytish motivining mifologik, diniy va folklor manbalari, uning invariant va variant ko‘rinishlari, syujet va xronotop bilan aloqadorligi jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari asosida yoritildi. Tadqiqot natijasida qaytish motivining qahramonning ichki evolutsiyasini aks ettiruvchi, asarning falsafiy-psixologik mohiyatini ochib beruvchi va semantik yaxlitligini ta’minlovchi universal poetik kategoriya ekanligi aniqlandi.
motiv, arxetip, variant, invariant, xronotop, syujet, fabula, qahramon, qaytish motivi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.