Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-нөмір (2026) · 260-270-беттер
“SHUM BOLA” TARJIMASIDA REALIYALAR VA PRAGMATIK TRANSFORMATSIYALAR
Kamolov, Sardorbek
Аңдатпа
Maqolada G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi inglizcha tarjimasida uchraydigan milliy-madaniy realiyalar va ularning pragmatik transformatsiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali ijtimoiy-madaniy, diniy, maishiy-turmush, taom va ichimlik, kiyim-kechak, bolalar o‘yinlari va folklor, kasb-hunar hamda hayvon va ovchilikka oid realiyalar asosida shakllantirildi. Qiyosiy-tavsifiy, kontekstual, lingvomadaniy va diskursiv-pragmatik metodlar orqali transliteratsiya, ekvivalent tarjima, adaptatsiya, generalizatsiya, kalka, tavsifiy tarjima va tushirib qoldirish strategiyalarining natijalari baholandi. Tahlil universal birliklarda semantik va pragmatik moslik yuqori ekanini, madaniy yuklamasi kuchli “mahalla”, “domla”, “haftiyak”, “dasturxon”, “kavush” va bolalar o‘yinlari nomlarida esa milliy-tarixiy konnotatsiya qisman neytrallashganini ko‘rsatdi. Maqolada realiyalar tarjimasida milliy koloritni saqlash va xorijiy o‘quvchi uchun tushunarlilikni ta’minlash maqsadida transliteratsiya, ixcham kontekstual izoh va funksional muqobilni uyg‘unlashtirgan aralash strategiya samaraliroq ekani asoslanadi.
realiya, badiiy tarjima, pragmatik transformatsiya, lingvomadaniyat, ekvivalentlik, adaptatsiya, transliteratsiya, milliy kolorit.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.