Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 6 (2026) · Саҳифаҳои 337-346
O‘ZBEK–INGLIZ PARALLEL KORPUSLARIDA HISSIYOT BIRLIKLARINING SEMANTIK EKVIVALENTLARINI KO‘P QATLAMLI ANNOTATSIYA QILISH MODELI
Imamova, Nilufar
Аннотатсия
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi hissiyot (emotsiya) leksik-semantik maydoni birliklarini parallel korpuslar asosida semantik ekvivalentlik nuqtai nazaridan tadqiq etish hamda ularni ko‘p qatlamli annotatsiya qilish modeli taklif etiladi. Hozirgi kunda tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP), mashinali tarjima va sun’iy intellekt tizimlarining jadalrivojlanishi hissiyot ifodalovchi til birliklarini chuqur lingvistik tavsiflashni talab etmoqda. Ayniqsa, parallel korpuslarda hissiyot birliklarining nafaqat lug‘aviy, balki semantik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini ham aks ettiruvchi annotatsiya tizimini yaratish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, korpus lingvistikasi, komponent tahlili hamda semantik tahlil metodlaridan foydalanildi. O‘zbek va ingliz tillaridagi hissiyot birliklarining tarjima ekvivalentlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning semantik mosligi, emotsional valentligi, intensivligi va pragmatik vazifalari tavsiflandi. Shuningdek, parallel korpuslar uchun hissiyot birliklarini tavsiflovchi ko‘p qatlamli annotatsiya modeli ishlab chiqildi.
hissiyotemotsiyaleksik-semantik maydonparallel korpussemantik ekvivalentlikannotatsiyakorpus lingvistikasipragmatikamashinali tarjimaNLP
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.