Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 6-san (2026) · 217-222-betler
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA INDIVIDUAL O‘QUV TRAYEKTORIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI VA SAMARADORLIGINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH
Шарапова, Гулчехра
Annotaciya
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirishning pedagogik modeli va uning samaradorligini eksperimental o‘rganish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda sun’iy intellekt vositalarining o‘quvchilarning bilim darajasi, o‘zlashtirish sur’ati, qiziqishi va individual ehtiyojlarini aniqlashdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, diagnostika, moslashtirilgan topshiriqlar, qayta aloqa, monitoring va natijaviy baholash kabi komponentlar individual ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlari sifatida asoslanadi. Maqolada sun’iy intellekt o‘qituvchini almashtiruvchi vosita emas, balki uning pedagogik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi samarali texnologiya sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektasosida tashkil etilgan individual o‘quv trayektoriyalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ishlash ko‘nikmasi, o‘quv motivatsiyasi va bilimlarni puxta o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
boshlang‘ich ta’limsun’iy intellekt, individual o‘quv trayektoriyasipedagogik modelmoslashtirilgan ta’limdiagnostikao‘quv motivatsiyasieksperimental tadqiqot
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.