Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-нөмір (2026) · 249-255-беттер
XORAZM ZIYORATGOHLARI NOMLARINI BOSHLANG‘ICH TA’LIM MAZMUNIGA INTEGRATSIYA QILISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Kurbonova, Ma'mura
Аңдатпа
Ushbu maqolada Xorazm ziyoratgohlari nomlarini boshlang‘ich ta’lim mazmuniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim shaxs kamolotining ilk poydevorini yaratadigan bosqich bo‘lib, unda o‘quvchilarda ona tiliga muhabbat, tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga hurmat, mahalliy madaniy merosga qiziqish va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorazm vohasi ziyoratgohlari nomlari o‘zida tarixiy-etimologik, lingvokulturologik, tarbiyaviy va ma’rifiy mazmunni mujassam etganligi sababli boshlang‘ich sinf fanlari mazmunini boyituvchi samarali didaktik resurs sifatida qaraladi. Maqolada ziyoratgoh nomlarini ona tili, o‘qish savodxonligi, tarbiya, tabiatshunoslik, tasviriy san’at va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga integratsiya qilish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda tavsifiy, tahliliy, didaktik, lingvokulturologik va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Xorazm ziyoratgohlari nomlari asosida tashkil etilgan ta’limiy faoliyat o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytiradi, tarixiy-madaniy tasavvurlarini rivojlantiradi, milliy o‘zlikni anglashini kuchaytiradi va ma’naviy tarbiyaning hayotiy mazmun kasb etishiga xizmat qiladi.
Xorazm ziyoratgohlari, boshlang‘ich ta’lim, didaktik integratsiya, onomastika, lingvokulturologiya, milliy qadriyat, tarixiy xotira, ma’naviy tarbiya, fanlararo bog‘liqlik, o‘quv mazmuni.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.