Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 70-73-betlar
JALOLIDDIN MANGUBERDI OBRAZI: TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN
Hakimov, Anvarjon
Annotatsiya
Maqolada tarixiy shaxs obrazini badiiy adabiyotda talqin etish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — Sulton Jaloliddin Manguberdi obrazining tarixiy haqiqat va badiiy talqin uyg‘unligida aks etishini ochib berishdan iborat. Ishda qiyosiy-tahliliy, tarixiy va adabiy metodlardan foydalanildi. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning tarixiy asari hamda Hamdam Sodiqovning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” qissasi asosida obraz yaratish tamoyillari o‘rganildi. Natijada tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi muvozanat, obrazni ideallashtirish va estetik umumlashtirish masalalari yoritildi. Xulosa sifatida tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini milliy ong va estetik tafakkurni shakllantirishda muhim omil ekanligi asoslandi.
tarixiy shaxs, badiiy talqin, tarixiy haqiqat, badiiy to‘qima, Jaloliddin Manguberdi, tarixiy realizm, ideallashtirish, qiyosiy tahlil, milliy ong, estetik tafakkur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.