Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 7 (2026) · pp. 113-118
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA HISSIYOT LEKSIKASINING O‘RGANILISH TARIXI
Xaitov, Oxunjon
Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida hissiyot leksikasining ilmiy o‘rganilish tarixi nazariy-lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hissiyot leksikasi tilshunoslikda mustaqil semantik maydon, baholovchi-emotiv birliklar tizimi, madaniy kod va kognitiv konseptlar majmuasi sifatida shakllanganligi asoslanadi. Ingliz tilshunosligida hissiyot nomlari dastlab falsafa, psixologiya, ritorika va stilistika doirasida izohlangan bo‘lsa, XX asrdan boshlab struktur semantika, pragmatika, kognitiv lingvistika va korpus tadqiqotlari asosida chuqur o‘rganila boshlagan. O‘zbek tilshunosligida esa hissiyotga oid birliklar leksikologiya, frazeologiya, sinonimiya, uslubshunoslik, badiiy matn tahlili va lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda tadqiq etilgan. Maqolada ikki til materiallari bo‘yicha shakllangan ilmiy yondashuvlar davrlashtirilib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rsatiladi. Natijada hissiyot leksikasini qiyosiy, kognitiv va lingvomadaniy jihatdan o‘rganish bugungi filologik tadqiqotlar uchun dolzarb yo‘nalish ekanligi aniqlanadi.
hissiyot leksikasi, emotsional semantika, ingliz tili, o‘zbek tili, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv lingvistika, leksik-semantik maydon, emotivlik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.