Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 7 (2026) · с. 6-10
QUR’ONI KARIMDA AYOLLAR ZIKRI VA ULARNING ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI BADIIY TALQINI
Xursanova, Gulshan
Аннотация
Maqolada Qur’oni Karimda ayollar haqida kelgan oyatlar va qissalar Sharq mumtoz adabiyotidagi ayol obrazining manbalaridan biri sifatida o‘rganildi. Asosiy e’tibor Odam alayhissalomning jufti, Maryam, Misr azizining xotini, Musoning onasi va opasi, Saba’ malikasi Bilqis, Lut alayhissalom hamda Abu Lahabning xotinlari haqidagi o‘rinlarga qaratildi. Oyatlar matni tafsir va qissalarda shakllangan nomlardan farqlab tahlil qilindi. Qur’ondagi iffat, hayo, onalik mehri, aql, boshqaruv va axloqiy xususiyatlarga doir tasvirlar Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlaridagi ayol qahramonlar bilan qiyoslandi. Tahlil jarayoni Shirin va Laylining ma’naviy qiyofasida iffat va vafo, Mehinbonu obrazida oqila hukmdorlik hamda ona obrazlarida farzand dardiga sheriklik kuchli ekanini ko‘rsatdi. Qur’oniy mazmun “Xamsa”ga tayyor obraz holida ko‘chmagan – Navoiy uni doston voqealari va qahramon tabiatiga mos ravishda badiiy talqin qilgan.
Qur’oni Karim, ayol obrazi, Alisher Navoiy, “Xamsa”, Maryam, Bilqis, Mehinbonu, iffat, onalik.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.