Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 7 (2026) · с. 60-62
XI-XIV ASRLARDA O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGINING ILK RIVOJLANISH BOSQICHI
Alimxodjayeva, Nargiza
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlari yoritilgan. Tadqiqotda lug‘atchilikning ilk namunalari qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasida yaratilgan ikki tilli so‘zlashgichlardan boshlab tahlil qilinadi hamda ularning til o‘rganish va madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, turkiy lug‘atchilikning XI–XIV asrlardagi rivojlanish jarayoni nodir lug‘atlar misolida tahlil etiladi. Maqolada ushbu lug‘atlarning tuzilishi, ilmiy xususiyatlari, yaratilish omillari va turkiy tillarning tarixiy taraqqiyotini o‘rganishdagi o‘rni qiyosiy jihatdan baholanadi. Tadqiqot natijalari lug‘atchilikning til boyligini saqlash, ilmiy tizimlashtirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda turkiy xalqlarning til va madaniy merosini asrab-avaylashdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
lug‘atchilik, leksikografiya, o‘zbek lug‘atchiligi, turkiy lug‘atlar, Mahmud Qoshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk, Mahmud Zamaxshariy, Codex Cumanicus, Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya, tarixiy leksikografiya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.