Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-сан (2026) · 78-82-беттер
SUD LINGVISTIK EKSPERTIZASIDA KINOYA, IRONIYA VA BILVOSITA BAHOLASH VOSITALARIDA IMPLITSIT MA’NONI ANIQLASH MEXANIZMLARI
Xidirov, Shohrux
Аннотация
Mazkur maqolada sud lingvistik ekspertizasida kinoya, ironiya va bilvosita baholash vositalari orqali shakllanuvchi implitsit ma’noni aniqlash masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotda yashirin baholash mazmunining yuzaga kelishida pragmatik nomuvofiqlik, kontekstual qarama-qarshilik, kommunikativ maqsad va adresantning baholovchi strategiyalari tahlil qilinadi. Kinoya va ironiya kabi nutqiy hodisalarda ifodalangan leksik mazmun ko‘pincha real kommunikativ maqsad bilan mos kelmasligi sababli ularni ekspertiza jarayonida faqat so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi asosida baholash yetarli emasligi asoslanadi. Mazkur yondashuv orqali aytilgan mazmun va nazarda tutilgan mazmun o‘rtasidagi farqni aniqlash, yashirin tanqid hamda salbiy baholash mexanizmlarini ochib berish imkoniyatlari ko‘rsatildi.
sud lingvistik ekspertizasi, kinoya, ironiya, implitsit ma’no, pragmatik nomuvofiqlik, bilvosita baholash, yashirin tanqid, kontekst.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.