Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-нөмір (2026) · 65-69-беттер
FOLKLOR VA ETNOGRAFIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA MEDIA KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Xikmatillayeva, Dildora
Аңдатпа
Mazkur maqolada folklor va etnografiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida media kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli axborot muhitida talabalarning folklor va etnografik manbalarni izlash, tanlash, tanqidiy baholash, raqamlashtirish, media mahsulot yaratish hamda internet platformalarida mas’uliyatli tarqatish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati asoslangan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, diagnostik test, tajriba-sinov, qiyosiy tahlil va statistik umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tajriba-sinov ishlarida folklor va etnografiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 120 nafar talaba ishtirok etgan. Tajriba guruhida raqamli folklor arxivi, media loyiha, podkast, videointervyu, faktcheking va etnografik kontent yaratishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari mazkur metodlar talabalarning axborotni tanqidiy tahlil qilish, media mahsulot yaratish, raqamli xavfsizlikka rioya qilish va milliy-madaniy merosni media vositalarida to‘g‘ri ifodalash kompetensiyalarini rivojlantirishini ko‘rsatgan.
media kompetentlik, media savodxonlik, folklor, etnografiya, raqamli ta’lim, media mahsulot, raqamli folklor, tanqidiy tafakkur, pedagogik imkoniyat, axborot madaniyati.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.