Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-сан (2026) · 123-127-беттер
LIRIKADA BADIIY ZAMON MASALASI
Abduraxmanov, Davron
Аннотация
Mazkur maqolada lirikada badiiy zamon va makonning psixologik mazmun kasb etishi, ularning badiiy psixologizmni yuzaga chiqarishdagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqotda lirik asarlardagi zamon va makon munosabatlari M.M.Baxtinning xronotop nazariyasi asosida tahlil qilinib, lirika tabiatiga xos bo‘lgan subyektiv vaqt va ruhiy makon xususiyatlari yoritiladi. She’riy matnda zamonning obyektiv voqelik emas, balki lirik subyektning xotirasi, hissiy tajribasi va ruhiy kechinmalari orqali shakllanishi ilmiy asoslanadi. Tadqiqot davomida badiiy zamonning retrospektiv, aktual va istiqbolli ko‘rinishlari hamda ularning inson ichki dunyosini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, makonning tun, kuz, yo‘l, yomg‘ir, deraza kabi ramziy obrazlar vositasida psixologik ma’no kasb etishi tahlil qilinadi. Maqolada xronotop nazariyasini lirika tabiatiga mos ravishda kengaytiruvchi psixoxronotop konsepsiyasi ilgari suriladi. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, zamon va makon lirik qahramon ongida xotira, hissiyot va kechinmalar bilan uyg‘unlashib, yagona ruhiy-badiiy tizimni hosil qiladi. Tadqiqot natijalari istiqlol davri o‘zbek she’riyatida badiiy psixologizmning poetik xususiyatlarini aniqlash, lirik asarlardagi zamon va makon poetikasini yangi nazariy asosda talqin etish imkonini beradi.
lirika, badiiy zamon, badiiy makon, xronotop, psixoxronotop, badiiy psixologizm, lirik qahramon, ruhiy kechinma, poetika, xotira, subyektiv vaqt, ramziy makon, retrospektiv zamon, she’riyat, ong.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.