Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 197-200-betlar
TOSHKENT TOJIK ADABIY MUHITINING SHAKLLANISH TARIXI
Qutfiddinov, Shamsiddin
Annotatsiya
Maqolada Toshkent tojik adabiy muhitining shakllanish tarixi tarixiy va adabiy manbalar asosida tadqiq etilgan. Chochning qadimgi siyosiy, madaniy va ma’naviy markaz sifatidagi o‘rni, arablar istilosidan keyin shakllangan ilmiy muhit, muhaddislar faoliyati, ayniqsa Abubakr Qaffol Shoshiyning ilmiy va adabiy merosi yoritilgan. Shuningdek, XIV-XVII asrlarda Toshkent adabiy muhitining taraqqiyoti, mazkur muhitda yetishib chiqqan shoirlar hamda ular haqidagi tazkiralar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Toshkentning o‘tmishda ham muhim ilmiy va adabiy markazlaridan biri bo‘lganini ilmiy manbalar asosida asoslab beradi.
Toshkent, Choch, Shosh, tojik adabiyoti, adabiy muhit, Qaffol Shoshiy, muhaddislar, Movarounnahr, tazkira, Samarqand, XIV-XVII asrlar, “Majolis un-nafois”, Dayriy Toshkandiy, Shuhratiy Ohangaroniy, “Tazkiratu-sh-shuaro”, “Muzakkir ul-ashob”.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.