Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 7 (2026) · Саҳифаҳои 86-91
BOSHLANG‘ICH SINF KAR BOLALAR YOZMA NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING TEXNOLOGIYALARI
Ibrohimov D.M.
Аннотатсия
Maqolada boshlang‘ich sinf kar bolalar yozma nutqini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari hamda korreksion-pragmatik texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida kar o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi lingvistik, psixologik va kommunikativ omillar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan korreksion-pedagogik texnologiyalar tizimi ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan taklif etilgan korreksion-pragmatik model vizual-kommunikativ, algoritmik, adaptiv-interaktiv, mnemotexnik hamda pragmatik-kommunikativ texnologiyalar integratsiyasiga asoslanadi. Pedagogik tajriba-sinov natijalari ishlab chiqilgan texnologiyalar kar o‘quvchilarning lug‘at boyligi, grammatik savodxonligi, sintaktik kompetensiyasi hamda bog‘lanishli yozma nutqini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari maxsus maktab-internatlarida ona tili, nutq o‘stirish, predmetli-amaliy ta’lim va tarbiyaviy mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirishga xizmat qiladi.
kar bolalar, yozma nutq, korreksion pedagogika, surdopedagogika, lingvokorreksion texnologiyalar, kommunikativ kompetensiya, adaptiv texnologiyalar, yozma nutqni rivojlantirish
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.