Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 7 (2026) · с. 128-132
ELEKTRON TEZAURUSLARNING LINGVISTIK-TEXNOLOGIK ASOSLARI, TUZILISHI, TARKIBI VA BIRLIKLARINI TANLASH METODIKASI
Donaboyev, Jahongir
Аннотация
Ushbu maqolada elektron tezauruslarning lingvistik-texnologik asoslari, ularning tuzilishi, tarkibi va an’anaviy lug‘atlardan farqli jihatlari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi elektron tezaurus birliklarini tanlash hamda sinsetlarni shakllantirish uchun bosqichma-bosqich metodika ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, komponent, distributiv va kvantitativ tahlil metodlaridan, shuningdek, BERT tipidagi transformer modellaridan foydalanilgan. Material sifatida “O‘zbek tilining ta’limiy korpusi” va ARANEUM_UZBEKICUM korpusi tanlangan. Natijada, elektron tezaurusda ma’lumotni tashkil etishning uchta asosiy modeli — iyerarxik daraxt, tarmoqli graf va matritsa tuzilmasi — aniqlangan, shuningdek, korpus ma’lumotlari, chastota ko‘rsatkichlari, semantik bog‘lanish va ekspert bahosini birlashtiruvchi olti bosqichli metodika taklif etilgan. Ishlab chiqilgan metodika o‘zbek tili uchun elektron tezaurus yaratishning amaliy asosini tashkil etadi.
elektron tezaurus, ontologiya, sinset, korpus lingvistikasi, transformer, BERT, semantik tarmoq, deskriptor.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.