Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 7-son (2026) · 142-145-betlar
HALIMA AHMEDOVA SHE’RIYATIDA AGIOGRAFIK OBRAZLAR POETIKASI : (ISO MASIH VA AYYUB OBRAZLARI MISOLIDA)
Шарипова, Шахло
Annotatsiya
Mazkur maqolada Halima Ahmedova she’riyatidagi agiografik obrazlarning poetik tabiati Iso Masih va Ayyub payg‘ambar obrazlari misolida tadqiq etiladi. Tadqiqotda shoira poetikasida ushbu obrazlarning an’anaviy diniy semantikani saqlagan holda zamonaviy lirik tafakkur talablariga muvofiq yangi ramziy-estetik mazmun kasb etishi poetik tahlil asosida yoritiladi. Iso Masih obrazining an’anaviy mo‘jizakorlik funksiyasining individual poetik talqinga evrilishi va Ayyub obrazining sabr va matonat timsolidan lirik qahramonning ichki kechinmalarini ifodalovchi badiiy mezonga aylanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Halima Ahmedova she’riyatida agiografik obrazlar an’anaviy diniy qatlam va individual poetik qatlam uyg‘unligida shakllanuvchi ko‘p qatlamli badiiy model sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi.
agiografik obraz, poetika, Iso Masih, Ayyub payg‘ambar, intertekstuallik, poetik funksiya, ramziy obraz, zamonaviy o‘zbek she’riyati, diniy motiv, badiiy talqin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.